SamQXI qoshidagi 1-son akademik litsey - Bosh sahifa
Sizning Javobingiz
Mening saytimni bahosi
Hamma javob: 16
Sitatistika

Онлайн всего: 1
Гостей: 1
Пользователей: 0
Formga kirish
E-mail:
Пароль:
        
      Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbuslari bilan bunyod etilgan Samarqand Qishloq Xo'jalik Inustituti qoshidagi 1-son Akademik litseyi 2005-2006 o'quv yilida o'z faoliyatini    boshladi. 
990 ta o'quvchi yoshlarga ta'lim-tarbiya berishga mo'ljallangan Akademik litseyda talabalar 4 ta yo'nalish bo'yicha o'qitiladi:
  1.   Aniq fanlar kafedrasi
  2.   Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi
  3.   Tabiy fanlar kafedrasi
  4.   Tillar kafedrasi             
          
        Akademik litseyda SamDUning ikkita (matematika, biologiya) SamQXIning bitta (Kimyo) kafedralarining filiallari faoliyat ko'rsatmoqda.    Akademik litseyda o'quvchilarga 43 ta o'qituvchi talim-tarbiya berib kelishmoqda. Bulardan 4 tasi fan nomzodi , 5 tasi oliy toifali , 5 tasi 1-chi toifali   o'qituvchilardir.
       Akademik litsey 2006 yildan 990 o'rinli yangi binoda joylashgan va unda o'quvchilarnining   ta'lim va tarbiya olishlari uchun barcha sharoit yaritilgan. Fizika , kimyo,biologiyadan ikkitadan laboro toryalar, 4 ta kompyuter sinfi , 4 ta lingafon xonalari,axborot texnalogiyalar xonasi zamonaviy asbob-jihozlar bilan ta'minlangan. 50 o'rinli axborot - resurs markazida In ternat tarmoqiga ulangan kompyuterlar orqali elektron axborotlardan foydalanish imkoniyati bilan birga ananaviy (bosma) darsliklar va badiy adabiyotlar ham mavjud.  200 o'rinli oshxona talabalarga xizmat ko'rsatadi. 2007 yildan boshlab Samarqand viloyati "Paxta sanoati” birlashmasi tomonidan akademik litseyning eng iqtidorli o'quvchilariga  stipendiya ta'sis etilgan. 2007 yil viloyat fan olimpiyadasida 4 ta o'quvchi faxirli o'rinlarni egallashdi.

                  

      Аkademik litseyda "Ма'naviyat va mа'rifat markazi” tashkil etilgan,  o'quvchilarning darsdan kiyingi bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish uchun 10 dan ortiq fan va 6 ta sport to'garaklari jumladan qo'l jangi, karatey, ”Каmolat” YoIQ boshlang'ich tashkilotining turli kuliblari faoliyat ko'rsatmoqda. 2007 yilda o'quvchilarimizdan 3 tasi kurash   va karatey bo'yicha faxirli o'rinlarni egallashdi.
     Аziz o'quvchilar, siz 9-sinfni bitirib, o'z aqliy  qobilyatlaringizni jadal rivojlantirmoqchi va kelgusida  tanlagan yo'nalishlaringiz bo'yicha oliy oquv yurtiga kirishni istasangiz bizning akademik litseyga o'qishga keling.      Аkademik litseymizga umumta'lim maktablarining 9-sinf bituruvchilari tanlov asosida qabul qilinadilar.
      Jahon,Respublika, viloyat fan olimpiyadalari sovrindorlari akademik litseyga tanlovsiz qabul qilinadi.
Izlash
Kalendar
«  Февраль 2012  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
272829

  Adres: Samarqand Sh. Mir Said Baraka kuchasi 4-uy
Tel: (+99866)231-11-44      E-mail: Pulat_j@rambler.ru
Samarqand  2012